.

Bloger va aktyor Bobur Mansurov 15-aprel — “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
U Instagram orqali faoliyat yuritib, turli vaynlar va yumorli videolar bilan tanilgan ijodkor hisoblanadi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining aktyorlik yo‘nalishini tamomlagan.
Mukofotni qabul qilgach, u minnatdorlik bildirib, kelgusida kino va teatr sohasida yanada yirik loyihalar ustida ishlash niyati borligini aytdi.
Shuningdek, ushbu mukofot yana 50 nafar madaniyat va san’at sohasi vakillariga ham topshirildi. Ular orasida bir qator mashhur aktyor va san’atkorlar bor.
⬅ Orqaga

