.

Mashhur xonanda Yulduz Usmonova “Jahannam” qo‘shig‘ini yaratish sababini ochiqchasiga tushuntirdi. Intervyuda jurnalist xonandaga: “Nima uchun aynan bu qo‘shiqni yaratishga qaror qildingiz?” deb so‘radi.
Yulduz Usmonova shunday javob berdi:
"Faol va passiv erkaklar, buzilgan ayollar borligini ko‘ryapmiz. Ko‘pchilik bunga ishonmaydi, aytib bo‘lmaydi, deyishadi. Lekin biz buni ko‘rib, eshitib yashab kelyapmiz va shuning uchun bu qo'shiqning she'rini o'qib ko'rganimdan aytishga majbur bo‘ldim. Ko‘pchilik yomon kasalliklarni yashiradi. Hatto nechtasini qon topshirishda ham shifokorlar biladi, lekin e'lon qila olmaydi. Nima uchun bolalarimiz bunga guvoh bo‘lishi kerak? Bitta shunday insonlar gunohkor emas. Bunaqalar kecha chiqmadi, avval ham bo'lgan. Asrlardan beri mavjud."
Xonanda shuningdek, insonlarni o‘z haqiqiy qiyofasida yashashga chaqirdi:
"Sizni erkak qiyofasida ko‘ryapmizmi, belbog‘ni mahkam bog‘lab, erkak bo‘lib yuring. Ayol qiyofasida ko‘ryapmizmi, ayol bo‘lib yashang, iltimos."
Uning bu so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tibor qozondi va ko‘plab muxlislar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
⬅ Orqaga


