. Eng qimmat turk seriallari va ularning ajoyib hikoyasi
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Eng qimmat turk seriallari va ularning ajoyib hikoyasi

Suratga olish jarayoni – katta mehnat, vaqt va mablag‘ talab qiladigan mashaqqatli jarayondir. Ayniqsa, gap tarixiy loyihalar yoki noyob tabiat manzaralari haqida ketsa. Liboslar, dekoratsiyalar, grim, rekvizitlar va butun binolarni tiklash hamda qayta ta’mirlash ancha qimmatga tushadi. Quyida turk kinosining eng qimmat loyihalari va ularning ijodkorlari nima uchun shuncha mablag‘ sarflagani haqida so‘z yuritamiz.“Alvon g‘unchalar”

Mazkur serialda Maryam va uning qizi Zaynabning islomiy tariqatdagi hayoti hamda diniy jamoaning shafqatsiz qonun-qoidalari haqida hikoya qilinadi. Rekvizit va dekoratsiyalarni hisobga olganda, birinchi qismning o‘zi 370 ming dollarga tushgan. Shu bilan birga, dindor aholi bundan g‘azablangan: serial davlatning diniy asoslarini ochiqdan-ochiq tanqid qilgani uchun islomofobiyada ayblangan va efirga uzatgan FOX telekanali 275 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, serialning 47 qismi uchun sarflangan mablag‘ 8 mln 627 ming dollardan sal kamroq.“Ertug‘rul”

Besh fasl, 150 qism — Buyuk Usmonli imperiyasining barpo etilishi hamda Vizantiyaliklarga qarshi kurashda yordam berish uchun Marvdan Anatoliyaga 400 otliq bilan kelgan Usmon I ning otasi Ertug‘rulning tarjimayi holi haqida tarix. “Tirilish: Ertug‘rul” seriali besh yil davomida namoyish etilgan bo‘lib, har bir fasl katta sarmoya talab qilgan. Birgina ommaviy sahnalar, pirotexnika, kaskadyorlar ishtirokidagi janglar va tarixiy liboslarning o‘zi millionlab dollarga tushgan. Har bir qism uchun o‘rtacha 74 ming dollar sarflangan, ya’ni serial uchun deyarli 12 mln 325 ming dollar xarajat qilingan. Hatto otlarning himoya sovutlari ham tarixiy manbalar asosida qo‘lda yasalgan.

“Muhtasham yuz yil”

Tomoshabinlarni turk kinematografi bilan tanishtirgan jahonshumul xitni suratga olish ijodkorlarga 1 mln 800 ming dollarga tushgan. Xarajatlarning asosiy qismi liboslar, taqinchoqlar va dekoratsiyalarga ketgan. Kiyimlar qimmatbaho matolardan tikilib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Hozirda bu liboslar serialga bag‘ishlangan muzeyda saqlanmoqda. Asosiy sahnalar uchun maxsus kichik shahar-dekoratsiya barpo etilgan. Ushbu maydonning bir qismi sayyohlarni jalb qilish uchun saqlab qolingan. Turklar sulton Sulaymon tarixini, garchi xato va nomuvofiqliklar bo‘lsa-da, sinchkovlik va katta mehr bilan hikoya qilgan. Sarflangan mablag‘lar o‘zini oqlagan. Xalit Ergench esa yulduzli loyihadan hamon daromad olib kelmoqda: u serialning xorijga sotilishidan foiz olgan.м

“Otaturk 1881-1919”

Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hayoti haqidagi tarixiy serial ham tafsilotlarga alohida e’tibor bilan suratga olingan. Uni suratga olish bilan Disney+ kompaniyasi shug‘ullangan va bunga jami 8 mln dollar sarflangan. Bu xarajatlar aktyorlar va suratga olish guruhi gonorarlari, yo‘ldosh xarajatlar hamda eng katta modda – liboslar, dekoratsiyalar, qurol-yarog‘ va grimni o‘z ichiga olgan.“Hovli”

“Hovli” seriali odatiy turk seriallariga umuman o‘xshamaydi. Unda chigal sevgi qissasi, taraqqiyparvarlar va konservatorlarning kurashi yo‘q, aksincha, qamoqqa tushgan ayollar taqdiri hikoya qilinadi. Prodyuserlar serialning salohiyatini yuqori baholab, har bir qism uchun taxminan 50 ming dollar sarflashgan. Loyiha 44 qism davom etganiga qaramay, tanqidchilar uni iliq kutib olmadi. Asosiy e’tirozlar shafqatsizlik bilan bog‘liq edi: nazoratchilar jallod, qamoqxona haqiqiy qiynoqxona sifatida tasvirlangan. 2025 yilda loyihaning uchinchi mavsumi e’lon qilindi, lekin suratga olish ishlari hali boshlanmadi.“Olis shahar”

Beva qolgan Alya va uning o‘g‘lining og‘ir hayoti haqidagi keskin drama tarixiy serial emas. Biroq ijodkorlar unga ham katta mas’uliyat bilan yondashgan: Mardindagi binolarning old qismini qayta tiklangan, mahalliy hunarmandlardan noyob liboslar va taqinchoqlar xarid qilingan, har bir to‘pponcha maxsus buyurtma asosida yasalgan, Jihanning mashinasi dala va noto‘g‘ri yo‘llardagi quvish sahnalari uchun takomillashtirilgan, ishonarli chiqishi uchun esa avtomobillarni haqiqatan ham portlatganlar. “Olis shahar”ning har bir qismi 50 ming dollarga tushgan. Hozirga qadar serialning ikki mavsumi va 54 qismi suratga olingan, demak, tayyorgarlik bosqichidagi sarf-xarajatlarsiz kamida 2 mln 700 ming dollar sarflangan. Xonanda Sezen Aksu “De Mardin” qo‘shig‘i uchun salkam 50 ming dollar gonorar olgan.

⬅ Orqaga