.

Qish faslining sokin kayfiyati va bayramona muhiti, ayniqsa, franshizaning ilk qismlarida yorqin ifodalanib, tomoshabinni afsonaviy olamga yetaklaydigan «Garri Potter» filmlari mashhur yozuvchi Joan Roulingning shu nomli asari asosida ekranlashtirilgan.
Asar voqealari ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi keskin to‘qnashuv atrofida qurilgan bo‘lib, ushbu franshiza jami o‘n bitta filmni o‘z ichiga oladi. 2016 yilda taqdim etilgan spin-off hamda uning davomlari bilan birga olinganda, turkum yettita asosiy qismdan tashkil topgan.
2001–2007 yillar oralig‘ida «Garri Potter va hikmatlar toshi» («Harry Potter and the Philosopher's Stone»), «Garri Potter va maxfiy hujra» («Harry Potter and the Chamber of Secrets»), «Garri Potter va Azkaban mahbusi» («Harry Potter and the Prisoner of Azkaban»), «Garri Potter va Alanga kubogi» («Harry Potter and the Goblet of Fire»), «Garri Potter va Feniks jamiyati» («Harry Potter and the Order of the Phoenix») kabi filmlar ketma-ket namoyish etildi.
2009–2011 yillarda esa franshizaning so‘nggi qismlari — «Garri Potter va tilsim shahzodasi» («Harry Potter and the Half-Blood Prince»), «Garri Potter va ajal tuhfasi — 1» («Harry Potter and the Deathly Hallows — Part 1») hamda «Garri Potter va ajal tuhfasi — 2» («Harry Potter and the Deathly Hallows — Part 2») tomoshabinlarga taqdim etildi.
Voyaga yetish jarayonida insonning o‘zligini anglashi, shuningdek, kelib chiqish yoki ijtimoiy mavqega asoslangan kamsitishlarni qoralash g‘oyalariga e’tibor qaratgan ushbu filmlar silsilasi jahon kino sanoatida eng katta daromad keltirgan franshizalar qatorida alohida o‘rin egallaydi.
⬅ Orqaga




