. Saida Mirziyoyeva bilan birinchi katta intervyu olindi
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Saida Mirziyoyeva bilan birinchi katta intervyu olindi

Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari sifatida jurnalist va bloger Kirill Altmanga katta intervyu berdi. Suhbat davomida u shaxsiy qarashlari, ishga munosabati va Prezident bilan ishlash tajribasi haqida ochiq fikr bildirdi.Jurnalistning: “Siz aslida kimsiz, Saida Shavkatovna?” degan savoliga u qisqa va aniq javob berdi:— Men xizmatchiman. Men, birinchi navbatda, otamga xizmat qilaman, chunki u kishi hayotimdagi eng ulug‘ inson.Saida Mirziyoyeva o‘z so‘zlarida 9 yildan beri Prezident administratsiyasida ishlab kelayotganini, shaxsiy hayot deyarli yo‘qligini va o‘z faoliyatini aynan shu tizimda boshlab, shu yerda yakunlashni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ish — uning hayotining asosiy qismiga aylangan.Shuningdek, suhbat davomida Prezidentning boshqaruv uslubi haqida ham so‘z yuritildi. “Prezident qattiqqo‘l insonmi?” degan savolga Saida Shavkatovna quyidagicha javob berdi:— Oxirgi 9 yil ichida amalga oshirilgan islohotlarga qarang. Bunday natijalarga faqat qattiqqo‘llik bilan erishib bo‘lmaydi. Buning uchun moslashuvchanlik va donolik kerak, deb hisoblayman.

Uning fikricha, Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan islohotlar aynan muloqot, tushunish va muvozanatli qarorlar asosida amalga oshirilmoqda.Suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab foydalanuvchilar intervyuni samimiy va ochiq deb baholamoqda.

⬅ Orqaga