. Beyonse boyligi 1 milliarddan oshib, tarixga kirdi
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Beyonse boyligi 1 milliarddan oshib, tarixga kirdi

Amerikalik pop-qo‘shiqchi Beyonse Noulz-Karter boyligi 1 milliard dollardan oshgan beshinchi musiqachiga aylandi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda “Renaissance” albomini qo‘llab-quvvatlash doirasida o‘tkazilgan xalqaro gastrol safari qariyb 600 million dollar daromad keltirgan. 2025 yilda kantri yo‘nalishidagi “Cowboy Carter” albomi bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi tur esa chiptalar savdosidan 400 million dollardan ortiq, konsertlardagi suvenir mahsulotlar savdosidan esa yana 50 million dollar foyda olib kelgan.

Beyonse, shuningdek, o‘zining “Cécred” soch parvarishi brendi, “SirDavis” viskisi va 2024 yilda faoliyatini to‘xtatgan “Ivy Park” kiyimlar liniyasidan ham daromad oladi. Shunga qaramay, uning shaxsiy boyligining asosiy qismi baribir musiqiy faoliyat hissasiga to‘g‘ri keladi — gastrollar, albomlar va sahnadagi ta’sir kuchi uning eng katta moliyaviy tayanchi bo‘lib qolmoqda.

Dollarlik milliarderlar qatoriga uning turmush o‘rtog‘i — reper Jay-Z, qo‘shiqchilar Teylor Svift va Rianna, shuningdek Bryus Springstin ham kiradi. Umuman olganda, “Forbes” milliarderlar ro‘yxatida ko‘ngilochar soha vakili bo‘lgan 22 nafar san’atkor bor.

⬅ Orqaga