. Elyor Meliboyevga yuksak mukofot: “Milliy Iftixor” (video)
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Elyor Meliboyevga yuksak mukofot: “Milliy Iftixor” (video)

Xonanda Elyor Meliboyev o‘zining Instagram sahifasi orqali “Milliy Iftixor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini ma’lum qildi. U mazkur e’tirofni aks ettirgan video bilan bo‘lishar ekan, ushbu mukofot uning ijodiy faoliyatidagi muhim va unutilmas voqea ekanini ta’kidladi.

Video ostida xonanda: “Kichik mehnatimizga ko‘rsatilgan e’tibor va e’tirof uchun tashakkur! 2025–2026 yillar uchun esdalik,” — deb yozib qoldirdi. Ushbu so‘zlar orqali Elyor Meliboyev san’at yo‘lida qilinayotgan mehnati qadrlanayotganidan mamnun ekanini va bu mukofot unga kelgusidagi ijodiy faoliyatida yanada kuch bag‘ishlashini anglatdi.

⬅ Orqaga