. "Alfiya kampirg"a oshiq bo‘lgan chollar haqiqatmi? (video)
RU | UZ
Новости ТВ каналы Телепрограммы Контакты

"Alfiya kampirg"a oshiq bo‘lgan chollar haqiqatmi? (video)

Aktrisa Barno Teshaboyeva “O‘zimizning gap” ko‘rsatuvidagi suhbat davomida o‘z ijodi bilan bog‘liq qiziqarli va kulgili voqeani eslab o‘tdi.

Uning aytishicha, mashhur “Alfiya kampir” obrazi shu qadar ishonarli chiqqanki, hatto ayrim chollar uni haqiqiy kampir deb o‘ylab, sovchilikka ham kelishgan.

“Bitta emas, ikkita chol menga uylanmoqchi bo‘lgan. Hatto ular televideniyega sovchi bo‘lib kelishgan. Taxminan 20 yil avval Qashqadaryodan kelgan bir shoir chol men uchun maxsus she’r yozib kelib, 'Alfiya kampirga uylanaman', deb turib olgan edi”, — deya hikoya qiladi aktrisa.

Barno Teshaboyeva so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda rejissyorlar va ijodiy jamoa bu vaziyatni tushuntirishga majbur bo‘lgan. Ular cholga aslida bu obraz ortida yosh aktrisa turganini aytishgan va hatto montaj xonasiga olib kirib, aktrisaning o‘zini ko‘rsatishgan.

“Shunda u hayron bo‘lib: 'Voy, uzr, bu qiz bolamdan ham kichkina ekan', deb ortiga qaytib ketgan”, — deydi u kulib.

Aktrisa yana bir holatni ham eslab o‘tdi: “Yana bir sovchi vodiy tomondan kelgan edi. Bu voqeaga ham ancha yillar bo‘ldi”.

Suhbat yakunida u shunday dedi: “Alfiya kampir obrazida ilk bor ekranga chiqqanimda sovchilarim juda ko‘p bo‘lgan”.

Bu voqea san’atkorning obrazga qanchalik chuqur kirgani va tomoshabinlar qalbiga yetib borganini yana bir bor isbotlaydi.

⬅ Назад

Другие новости