.

Xonanda Shahlo Salayeva muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U to‘y kuni qachon bo‘lishini ochiq ma’lum qildi.
San’atkorning aytishicha, 4 aprel kuni rasmiy nikoh marosimi bo‘lib o‘tgan. Endilikda esa tantanali to‘y kuni yaqinlashmoqda. Dastlab to‘yni er-xotin o'zlari may oyida o‘tkazishni rejalashtirishgan bo‘lsa-da, ayrim sabablar tufayli yana o‘zgartirilgan.
“Xudo xohlasa, to‘yimiz yoz fasliga belgilandi. Veyselning oila a’zolari ham yozni ma’qul ko‘rishdi. Qarindoshlarimizning aksariyati chet elda va ular yozda kelishadi”, — deya izoh berdi xonanda.
Shuningdek, u yana bir muhim tafsilotni ham oshkor qildi. Ma’lum bo‘lishicha, to‘y sanasi ramziy tarzda tanlangan. “Veyselning tug‘ilgan kuni 21 iyul. Xudo xohlasa, aynan shu kuni to‘yimizni o‘tkazamiz. 18 iyul kuni esa Istanbulda bo'ladi”, — dedi Shahlo Salayeva.
Mazkur xabar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, ulardan ko‘plab samimiy tabriklar va iliq tilaklar yangramoqda.
⬅ Назад





