.

Taniqli xonanda Manzura 48 yoshida yuragiga yo‘l topgan insonni uchratganini ma’lum qildi, bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi. U joylagan videoda to‘yga ishora bo‘lib, bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Manzura o‘zining rasmiy sahifasida videoni joylab, tagiga “Men Ha dedim...” deb yozdi. Ushbu qisqa jumla orqali u sevgi yo‘lida muhim qarorga kelganini bildirdi.
Bu yangilikka nisbatan muxlislar iliq fikr bildirgan. Ko‘pchilik xonandaga baxt, sevgi va oila tinchligi tilab, izohlarda samimiy tilaklar yozmoqda.
⬅ Назад





