.

Disney’ning “Zveropolis 2” multfilmi kinoteatrlarda shiddat bilan daromad yig'ishda davom etmoqda. Loyiha global kassa yig'imida $1,588 milliard natijaga yetib, $1,6 milliard marrasiga juda yaqinlashdi. Bu ko'rsatkich uni Disney tarixidagi eng ko'p daromad keltirgan animatsion filmga aylantirdi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Multfilm ayniqsa Xitoy bozorida yorqin natija qayd etdi: u yerda kartina $600 milliondan ko'proq ishlab, Xitoyda eng muvaffaqiyatli gollivud kinoloyihasi bo'ldi. Mahalliy bozorda unga yaqinlasha oladigan yagona raqib sifatida “Avatar: Olov va kul” tilga olinmoqda — u Xitoyda $100 milliondan ortiq daromad ko'rsatgan.
Yana bir e’tiborli jihat: “Zveropolis 2” PG reytingidagi filmlar orasida $1 milliardlik marraga eng tez yetgan kartina bo'lib, buni premyeradan atigi 17 kun o'tib uddaladi.
2016 yildagi filmning davomiy qismi 2025 yilda $1 milliarddan oshgan atigi uchta film qatoriga kirdi. Bu ro'yxatda “Lilo va Stich” remeyki ($1,03 milliard) hamda jahon prokatida $2,2 milliard bilan yetakchilik qilayotgan xitoy filmi “Nechja” ham bor.
⬅ Назад




