.

Disney’ning “Zveropolis 2” multfilmi kinoteatrlarda millionlab dollar yig'ishda davom etmoqda. Filmning global kassa yig'imi 1,588 milliard dollarga yetdi va yaqin kunlarda 1,6 milliardlik marrani ham ortda qoldirishi kutilmoqda. Shu tariqa u Disney tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan animatsion loyiha maqomini egalladi. Bu haqda playground.ru xabar beradi.
Davomiy qism ayniqsa Xitoy bozorida portladi: u yerda kartina 600 million dollardan ortiq daromad yig'ib, Xitoydagi eng muvaffaqiyatli gollivud kinoloyihasiga aylandi. Hozircha unga raqobat qila oladigan yagona nom sifatida “Avatar: Alanga va kul” tilga olinmoqda — bu film Xitoyda 100 million dollardan ziyod yig'ishga erishgan.
Yana bir muhim ko‘rsatkich: “Zveropolis 2” PG reytingidagi filmlar orasida 1 milliard dollarlik chegara eng tez bosib o‘tilgan loyiha bo‘ldi — bu natijaga premyeradan keyingi atigi 17 kun ichida erishilgan.
Shuningdek, “Zveropolis 2” 2025 yilda jahon prokatida 1 milliard dollardan oshgan atigi uch film qatoriga kirdi. Bu ro‘yxatda “Lilo va Stich” remeyki (1,03 mlrd) hamda yilning global yetakchisi bo‘lib turgan xitoy filmi “Nechja” (2,2 mlrd) ham bor.
⬅ Назад




