. Ronaldu yoki Messi? Xonzoda Do‘stova aniq javob berdi
RU | UZ
Новости ТВ каналы Телепрограммы Контакты

Ronaldu yoki Messi? Xonzoda Do‘stova aniq javob berdi

Aktrisa va xonanda Xonzoda Do‘stovaga jurnalist tomonidan: “Siz uchun eng zo‘r va eng afsonaviy futbolchi kim?” degan savol berildi. Xonzoda bu savolga hech ikkilanmasdan, ishonch bilan: “Albatta, Ronaldu,” deya javob qaytardi.

U o‘z fikrini davom ettirib, futbol muxlislarining didi turlicha ekanini ta’kidladi. Xonandaning aytishicha, kimdir Messini yoqtirsa, yana kimdir Ronalduning muxlisi bo‘lishi tabiiy hol.

“Har bir insonning o‘z didi va shaxsiy fikri bor. Messining muxlislari meni tanqid qilsa ham, men fikrimni o‘zgartirmayman. Axir birovning talabi bilan yoqtirgan futbolchimdan voz kechmayman-ku. Men Ronalduni tanladim va bu fikrimda qat’iy turaman,” — dedi Xonzoda Do‘stova.

⬅ Назад

Другие новости