. Megan Markl 8 yildan so‘ng Gollivudga qaytmoqda
RU | UZ
Новости ТВ каналы Телепрограммы Контакты

Megan Markl 8 yildan so‘ng Gollivudga qaytmoqda

Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Markl nafaqaga chiqqanidan sakkiz yil o‘tib, yana aktrisalik faoliyatini davom ettiradi. Sasseks gersoginyasini Kaliforniya shtatidagi yangi loyihaning suratga olish maydonchasida ko‘rib qolishdi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.

Megan Markl "Yaqin do‘stlar" filmining aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. U Bri Larson, Lili Kollinz, Jek Kveyd va Genri Golding bilan birga suratga tushadi. Syujet tafsilotlari oshkor etilmagan, ammo ma’lum bo‘lishicha, serial ikki sevishgan juftlik haqida hikoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Megan Markl 2017 yilda shahzoda Garri bilan tanishganidan keyin aktrisalik faoliyatini to‘xtatgan edi. Uning eng yorqin ishi "Fors-major" seriali bo‘lib, u Reychel Zayn rolini o‘ynagan.

⬅ Назад

Другие новости