. Shahlo Ahmedova “Habibi” nomli yangi taronasini taqdim etdi
RU | UZ
Новости ТВ каналы Телепрограммы Контакты

Shahlo Ahmedova “Habibi” nomli yangi taronasini taqdim etdi

Shahlo Ahmedova o‘zining navbatdagi yangi taronasini muxlislarga taqdim etdi. Qo‘shiq “Habibi” deb nomlanadi va u xonandaning ijtimoiy sahifalarida e’lon qilindi.

Hozircha qo‘shiq uchun alohida klip tayyorlanmagan. YouTube sahifasida u audio shaklida joylashtirilgan. Biroq Shahlo Ahmedova Instagram’da ushbu qo‘shiqqa ishlangan raqs videosini ulashdi.

Klip hali suratga olinmagan bo‘lsa-da, xonandaning muxlislari bu videoni kelajakdagi klipdan lavha bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.

Shahlo Ahmedova oxirgi paytlarda tinimsiz ijod bilan band. U yangi loyihalari va musiqa yo‘nalishidagi o‘zgarishlar haqida tez orada yangiliklar berishni rejalashtirayotganini ham bildirdi.

⬅ Назад

Другие новости