.

Britaniyaning nufuzli “Channel 4” telekanalida bugun, 18 oktyabr kuni, soat 19:00 da “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (“O‘zbekiston — Oltin yo‘l”) nomli hujjatli filmning premerasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu film Strategik islohotlar agentligi va Turizm qo‘mitasi hamkorligida yaratilgan bo‘lib, u mamlakatimiz tarixini va tabiiy go‘zalliklarini zamonaviy kinoeffektlar orqali yoritib beradi.
Kartinaning muallifi — Britaniyaning mashhur tarixchi olimasi, yozuvchi va teleboshlovchi Bettani Xyuz. U filmni o‘zining mashhur “Treasures of the World” (“Jahon xazinalari”) seriali doirasida suratga olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekiston — Oltin yo‘l” filmini yaqin kunlarda mamlakatimiz telekanallarida ham namoyish etish rejalashtirilgan.
Bu loyiha O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi va turizm salohiyatini jahonga yanada kengroq targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
⬅ Назад






