. Hans Zimmer “Garri Potter” seriali uchun musiqa yozadi
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Hans Zimmer “Garri Potter” seriali uchun musiqa yozadi

Mashhur kompozitor Hans Zimmer va uning Bleeding Fingers Music studiyasi HBO tomonidan suratga olinayotgan Garri Potter seriali uchun saundtrek yaratadi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi saundtrek “Garri Potter” franshizasining musiqiy an’analarini saqlab qolgan holda, uni keng ko‘lamli serial formati uchun qayta talqin etadi. Hans Zimmerning aytishicha, loyiha katta mas’uliyat talab qiladi va jamoa bu vazifani chuqur anglab ish olib bormoqda.

“Sehr hamma joyda mavjud, lekin uni ko‘ra bilish kerak. ‘Garri Potter’ dunyosidagi kabi sehrni his qilish uchun musiqa tomoshabinni shu olamga yaqinlashtirishi lozim”, — deydi Zimmer.

Avvalroq “Garri Potter” filmlari uchun musiqani Jon Uilyams, Patrik Doyl, Nikolas Xuper va Aleksandr Despla kabi taniqli bastakorlar yozgan edi.

Zimmerning so‘nggi yirik ishlari qatorida “F1” filmi saundtreki bor bo‘lib, у ushbu ishi uchun Oskar mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, yaqin orada uning musiqasi yangraydigan “Eyforiya” serialining yangi mavsumi va “Dyuna” filmining uchinchi qismi ham premyera qilinadi.

⬅ Orqaga