.

Yil boshida mashhur dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida hayratlanarli voqeani bo‘lishdi. Dubaida farzandlari bilan qishki ta’tilda bo‘lgan Shahzoda, to‘satdan Makka shahriga ziyoratga borishga qaror qilganini aytdi. Farzandlarini ishonchli qo‘llarga topshirib, ikki soatlik yo‘lni bosib, Makka shahriga yetib kelishgan.
Shahzoda aytishicha, Dubai shahrida yashovchilar uchun Makka va Madinaga ziyorat qilish juda yaqin va qulay. Bu esa, o‘z navbatida, har bir musulmon uchun kutilmagan, ammo qadrli ruhiy tajriba bo‘lishi mumkin.
Ushbu safar bilan bo‘lishar ekan, Shahzoda Muhammedova barchani chaqirdi: “Agar siz ham, InshaAllah, qachondir Dubaiga keladigan bo‘lsangiz, albatta Makka va Madinaga ziyorat qiling! Eng asosiysi – Alloh chaqirsin!”
Shahzoda safari nafaqat oilaviy ta’tilni, balki ruhiy to‘lish va Alloh yo‘liga yaqinlashish imkonini ham berdi.
⬅ Orqaga








