.

Xonanda Umar Shamsiyev “NavoTV”ning “Men uchun…” ko‘rsatuvida boshlovchining quyidagi savoliga duch keldi: "Oxirgi marta qachon otangizga: Dada, men sizni yaxshi ko‘raman dedingiz?"
Umar esa biroz tushkunlik bilan, afsuslanib javob berdi: "Etmagan ekanman..."
Shunda boshlovchi yumor bilan qo‘shimcha qildi: "Nahotki, bu faqat uchta so‘zdan iborat bo‘lsa?" va yana so‘radi: "Bugun ayta olasizmi: Dada, men sizni yaxshi ko‘raman?", deb.
Xonanda esa hech ikkilanmasdan javob berdi:
"Ha, albatta aytaman. Hoziroq aytaman. Fursatdan foydalanib, meni ko‘rib turgan dadam Ahmadjon otam, ilohim, umringiz uzoq bo‘lsin. Onam bilan qo‘shilib qarib, baxtimizga sog‘-salomat bo‘lib yuring. Ilohim, hech qachon kasal bo‘lmang. Dada, sizni chin yurakdan, chin qalbimdan yaxshi ko‘raman."
Bu jonli efirdagi hayajonli lahzalar tomoshabinlar qalbini larzaga keltirdi.
⬅ Orqaga







