.

Xonanda Manzuraga jurnalist tomonidan: “Agar yana kinoga qaytsangiz, kim bilan partnyor sifatida rol o‘ynashni xohlardingiz?” degan savol berildi. Manzura bu savolga o‘ylab o‘tirmasdan: “Ulug‘bek Qodirov bilan,” deya javob qaytardi.
Xonanda so‘zini davom ettirib, ilgari “Sevginator” filmida ham Ulug‘bek Qodirov bilan birga rol ijro etganini eslab o‘tdi. Uning aytishicha, film suratga olish jarayonida turli qiyinchiliklar bo‘lgan, ana shunday vaziyatlarda Ulug‘bek Qodirov unga katta yordam va ko‘mak ko‘rsatgan.
Manzura Ulug‘bek Qodirovni nafaqat professional aktyor, balki insoniy fazilatlari bilan ham alohida hurmat qilishini ta’kidladi. “U oilasini, turmush o‘rtog‘ini va farzandlarini juda yaxshi ko‘radi. Aynan shu jihatlari sababli men uni inson sifatida boshqacha qadrlayman,” — dedi xonanda.
⬅ Orqaga










