.

Kecha, 12 dekabr kuni, O‘zbekistonning sevimli va betakror xonandasi Yulduz Usmonova o‘zining 62 yoshini qarshiladi.
O‘zbek shou-biznesining eng mashhur, serqirra va ta’sirchan san’atkorlaridan biri bo‘lgan Yulduz Usmonova 1963 yil 12 dekabr kuni Marg‘ilon shahrida, ishchilar oilasida 6-farzand bo‘lib dunyoga kelgan. U san’atga kirib kelgan ilk kunlardanoq o‘ziga xos ovozi, kuchli xarizmasi va ijodiy izlanishlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.
Tavallud kuni munosabati bilan xonandaning ijtimoiy tarmoqlari izohlar bilan to‘lgan — muxlislar uni samimiy tilaklar, iliq so‘zlar va eng ezgu istaklar bilan tabrikladilar. Ular Yulduz Usmonovaning o‘ziga xos ovozi, uzoq yillik mehnati va san’atga qo‘shgan ulkan hissasini alohida e’tirof etishdi.
⬅ Orqaga









