.

Sovet va Rossiya televideniyesining mashhur boshlovchisi Yuriy Nikolaev 77 yoshida olamdan o'tdi. Bu haqda A.Ya. Vaganova nomidagi Rus balet akademiyasi rektori Nikolay Tsiskaridze o'zining Telegram-kanalida xabar berdi. Mash, Shot va REN TV ma'lumotlariga ko'ra, 4-noyabr kuni ertalab uyning ichida Yuriy Nikolaevning ahvoli og'irlashgan. Shundan so'ng u shifoxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. OAV xabarlariga ko'ra, u og'ir o'pka kasalligidan aziyat chekayotgan edi. Yuriy Nikolaev sovet televideniyesining eng taniqli yuzlaridan biri bo'lgan. U "Ertalabki pochta", "Ertalabki yulduz" va "Respublika merosi" kabi mashhur dasturlarni olib borgan. Rossiyaning xalq artisti bo'lgan Nikolaev televideniyeda 50 yildan ortiq ishlagan va butun bir davrning ramziga aylangan.
⬅ Orqaga







