. Javohir Sindorov muvaffaqiyat sirini ochdi
RU | UZ
Yangiliklar TV kanallar TV dasturlar Aloqa

Javohir Sindorov muvaffaqiyat sirini ochdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDЕ) Nomzodlar turniri g‘olibi bo'lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorovga:

“Bugun millionlab o‘zbek yoshlari Javohir Sindorovdek bo‘lishni xohlaydi. Bunga erishish uchun nima qilish kerak?” — degan savol berildi.

Sindorov bu savolga o‘z muvaffaqiyatining ortida katta mehnat yotganini ta’kidlab javob berdi:

“Bunday natijalarga erishishning ortida juda katta mehnat turadi. Ushbu musobaqadan oldin 20 kun davomida deyarli hech narsaga e’tibor bermasdan faqat shaxmat bilan shug‘ullandim. ustozim yonida kuniga 10 soatdan shaxmat o‘ynardim.

Bu natijalar bir kunlik yoki 20 kunlik emas — 10–15 yillik tinimsiz mehnatning mahsuli. Menimcha, har qanday kasbda inson o‘z ustida muntazam ishlasa, albatta yuqori natijalarga erishadi va o‘z sohasining eng kuchlisiga aylanishi mumkin,” — dedi Sindorov.

⬅ Orqaga