. Zarina Nizomiddinova yana bir yoshni qarshiladi
RU | UZ
Новости ТВ каналы Телепрограммы Контакты

Zarina Nizomiddinova yana bir yoshni qarshiladi

Zarina Nizomiddinova 37 yoshni qarshiladi.

U 1989 yil 29 martda Toshkent shahrida, san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Aktrisa afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan biri Shahboz Nizomiddinovning kenja farzandi.

U ilk rolini Tamara Kamalovaning “Yo‘l bo‘lsin” filmida ijro etgan, 2006 yilda esa Bahrom Yoqubovning “Romeo va Julyetta” filmi orqali keng tanilgan.

Aktrisa juda erta turmush qurgan va 18 yoshida Temurbek ismli o‘g‘lini dunyoga keltirgan. 2015 yilda esa ikkinchi marta turmushga chiqdi, ammo bu nikoh uzoq davom etmadi. Oradan to‘rt yil o‘tib, Moskvada yashovchi, o‘zidan 12 yosh katta inson bilan oila qurdi va 2020 yilda Saidumar ismli o‘g‘lini dunyoga keltirdi.

Hozirda Zarina Nizomiddinova oilasi bilan Moskvada yashaydi. U vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga kelib, shartnoma asosida film va seriallarda suratga tushadi. Bugungi kunda ijodda uncha faol bo‘lmasa-da, u O‘zbekistondagi gonorari eng yuqori aktrisalardan biri hisoblanadi.

⬅ Назад

Другие новости