.

Tolibjon Isroilov “Ayol qalbi” ko‘rsatuvidagi suhbati davomida oila qurish arafasida turgan yoshlarga muhim va o‘ylantiruvchi maslahat berdi.
Xonandaning ta’kidlashicha, kelin tanlashda eng muhim jihatlardan biri — qizning oilasi, xususan, onasiga e’tibor qaratishdir:
“Onasiga qarab qiz olinglar. Albatta, kuyov qilganingizda ham shunday. Onasi yaxshi bo‘lishi kerak. Buni qat’iy aytaman — kimdir rozi bo‘ladimi, qarshi chiqadimi, baribir shu fikrdaman. Bu gapni men emas, xalq aytgan. Alloh uni xalq qalbiga solgan”, — deydi u.
Shuningdek, Tolibjon Isroilov ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida ham fikr bildirib o‘tdi:
“To‘g‘ri, dunyodagi katta ishlarni erkaklar qiladi. Ammo aynan o‘sha buyuk ishlar sari erkaklarni yetaklaydigan — ayol bo‘ladi”, — deya so‘zini yakunladi xonanda.
Mazkur fikrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘pchilik xonandaning gaplariga qo‘shilib, bu fikrda katta haqiqat borligini ta’kidlamoqda.
⬅ Назад











