.

Sovet va rossiyalik mashhur rassom Erik Bulatov 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Art Newspaper Russia nashri xabar berdi.
Erik Bulatov Sverdlovskda tug‘ilgan, ammo Moskvada ulg‘aygan. Ma’lumki, u bir necha yil davomida Nyu-Yorkda yashagan, 1990 yillardan esa hayotini Parij va Moskva o‘rtasida kechirgan.
Rassom faoliyatidagi burilish nuqtasi 1980 yillarda Syurix kunstxallasida va Parijdagi Jorj Pompidu markazida o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rgazmalari bo‘lgan — aynan shu ko‘rgazmalar unga xalqaro shuhrat olib kelgan.
Rassomning mashhur asarlari orasida “Kirish – kirish yo‘q”, “Erkinlik”, “Yashayman – ko‘raman”, “SSSR shon-shuhrati”, “Xush kelibsiz”, “Luvr. Jokondda”, “Bulutlar o‘smoqda” kabi ishlari bor.
2008 yilda uning 1975 yilda yaratilgan “SSSR shon-shuhrati” nomli asari London auksionida ikki million dollardan ortiq narxda sotilgan edi.
Shuningdek, shu yil yoz oyida Erik Bulatov Rossiyaning eng muvaffaqiyatli zamonaviy rassomlari reytingida birinchi o‘rinni egallagani ma’lum qilingan edi.
⬅ Назад








